Bugungi kunda mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning vaqtini mazmunli o’tkazish borasida Yurtboshimiz tomonidan samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham qator tadbirlar qilinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 26-apreldagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon talaba” respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida respublika oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida "Eng yaxshi kitobxon talaba" tanlovi tashkil etilmoqda.
Shuningdek, bugun, 17-oktabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti talaba-yoshlari o'rtasida ham mazkur tanlov o’tkazildi. Unda har bir fakultetdan 3 nafardan kitobxonlar ishtirok etdi. Mazkur tanlovda qatnashgan talabalar fakultet miqiyosida bo’lib o’tgan kitobxonlik tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritishgan.
Tanlov natijalariga ko'ra, 1-o'rinni Sharq tillari fakultetining 2-bosqich talabasi G'o'zal Kenjayeva, 2-o'rinni Roman-german tillari fakultetining 4-bosqich talabasi Malika G'ayratova, 3-o'rinni Ingliz tili II fakultetining 3-bosqich talabasi Ibodat Ibragimovalar qo’lga kiritishdi. G'oliblar qimmatbaho kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanishdi.