O'tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” asari

Ingliz tili II fakultetida joylashgan Amerika resurslari markazi deb nomlangan o'quv zalida O'tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari muhokamasi bo'lib o'tdi. Tadbir davomida asar qahramonlari, ularni asar davomida yoritib berilgan obrazlarini ma'naviy-tarbiyaviy ahamiyati haqida keng so'z olib borildi. Talabalar o'rtasida  qizg'in savol-javollar bilan asar qahramonlarining bugungi kundagi o'rnak bo'ladigan xislatlarini ochib berildi. Tadbir Ingliz tili II fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.Nurmuratov, tyutorlar va fakultet talabalari qatnashdi.

2023-11-11 11:08:49 | ko'rishlar soni: 643