2017 yil 11 martda Jizzax davlat pedagogika institutida “Badiiy tarjima: amaliyot, nazariya va tanqid” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo’lib o’tdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda JDPI tashabbusi bilan o’tkazilgan nufuzli seminarda Samarqand davlat chet tillar institutining bir guruh ijodkor o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Seminar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish to’g’risida”gi 4789-sonli farmoyishini ijro etish bo’yicha tadbirlar doirasida o’tkazildi.
   Seminarda butun umrini yurtimizda tarjima san’ati rivojiga bag’ishlagan taniqli tarjimon-adiblar, tarjima nazariyasi rivojiga katta hissa qo’shgan ustozlar ishtirok etishdi. Ular o’z nutqlarini O’zbekiston tarjimachiligining buguni va ertasi, tarjima asarlarini nashrga tayyorlash, tarjimonlarni tarbiyalash, sohadagi e’tiborga molik badiiy asarlar taqdimotiga qaratishdi. Seminarni Respublika Yozuvchilar uyushmasi badiiy tarjima va adabiy aloqalar bo’limi boshlig’i Adhambek Alimbekov boshqardi. Asosiy ma’ruzalarni professorlar Vaxob Raxmon, Xurram Rahimov, Shavkat Karimov, Yanglish Egamovalar o’qishdi.

2017-03-23 09:33:01 | ko'rishlar soni: 35

   Barkamol avlodni voyaga etkazishda kitobning -tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. Binobarin, aynan -mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ma’naviy olamini boyitadi. Yaxshi kitob eng murakkab savollarga javob topishda beminnat dastyordir.

   Noshirlik faoliyati rivojlanib, kitob mutolaasi yanada ommalashib borayotgani muloqotning audio, video vositalari, radio, televidenie, axborot-kommunikastiya tarmoqlari hayotimizdan chuqur o’rin egallashi bilan odamlarda kitob o’qishga qiziqish yo’qoladi, degan fikr xato ekanligini ko’rsatmoqda. Shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining yangi turlari paydo bo’lishi natijasida kitobxonlik birmuncha pasaygan bo’lsa-da, matbuot odamlarda kitob mutolaasiga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

2017-03-10 14:17:53 | ko'rishlar soni: 88

   Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot – resurs markazi o’quv zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi 2017 yil 10 yanvardagi 4789-sonli farmoyishini ijro etish bo’yicha tadbirlar doirasida O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kunga bag’ishlab ma’naviy - ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

   Tadbirda institut ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.D.Norqulov, ARM direktori, yozuvchi va shoir Eshqobil Vali, arab tili va tilshunoslik kafedrasi mudiri, dosent Abduraim Turobov, Misr Ali Asqar universiteti professori Hoshim Ismoil ishtirok etib ma’ruza qildilar.

2017-03-10 13:40:01 | ko'rishlar soni: 93

   O’zbekistondagi kutubxonalarda 23 milliondan ortiq kitob fondi mavjudligi ma’lum bo’ldi.
   2017 yil 24 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Yoshlar va kitobxonlik: an’anaviy va zamonaviy usullar” mavzusida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun media-tur tashkil etildi. Media-tur ishtirokchilari Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 328-maktabga tashrif buyurib, mazkur muassasa misolida tizimda kitobxonlikni targ'ib qilish, bunda zamonaviy AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdilar. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

   Media-turda xalq ta’limi vaziri o’rinbosari Dilshod Kenjaev, vazirlikning boshqarma va bo’lim boshliqlari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida bolalar adabiyoti ko’rgazmasi, namunaviy maktab kutubxonasi faoliyati, taniqli bolalar yozuvchi va shoirlari bilan ijodiy uchrashuvlar, umumta’lim fanlarini o’qitishda elektron darslik va axborot resurslardan unumli foydalanish, zamonaviy AKTdan foydalangan holda darslarni o’tish namoyish etildi.
   Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida 9576 ta axborot-kutubxona muassasalari mavjud bo’lib, ularga jami 4 047 738 nafar o’quvchilar a’zo bo’lgan.

2017-03-09 15:32:50 | ko'rishlar soni: 82