Muallif: Tolibov Begzod Furqatzoda
Chop etilgan yil: 2012
Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti
Chop etilgan shahar: Samarqand
Ingliz va o’zbek tillarida kopulyativ fe’llar va ularning leksik-grammatik jihatdan qiyoslanishi tadqiqot obyektini tashkil etadi.
Mavzuning dolzarbligi. Tadqiqotning dolzarbligi qardosh bo’lmagan tillarni, jumladan ingliz va o’zbek tillarini qiyosiy tavsiflashdan iborat bo’lib, hozirgi zamon tilshunosligida muhim o’rin egallaydi. Bundan tashqari, mavzuning dolzarbligi ingliz va o’zbek tillarida kopulyativ fe’llar hamda ularning o’ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari tahlil qilinishi ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishning oldiga qo’yilgan asosiy maqsad ingliz va o’zbek tillarida kopulyativ fe’llar va ularning leksik-grammatik jihatdan qiyoslanish talqinidan iborat bo’lib, shu maqsad yo’lida quyidagi vazifalarlarni bajarishga e’tibor qaratildi:
- qardosh bo’lmagan tillar (ingliz va o’zbek tillari) tizimida kopulyativ fe’llarni morfologik jihatdan, ya’ni ifodalanish usuliga ko’ra tasniflash;
- ingliz va o’zbek tillarida kopulyativ fe’llarning izomorflik va allomorflik xususiyatlarini belgilash;
- gapda kesim shakllarini ifodalashda kopulyativ fe’llarning o’rni hamda leksik-grammatik xususyatlarini tipologik jihatdan o’rganish.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Ingliz va o’zbek tillarida kopulyativ fe’llar va ularning leksik-grammatik jihatdan qiyoslanishi tadqiqot obyektini tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti esa gaplar tarkibida ishtirok etgan kopulyativ fe’llarning tipologik jihatdan qiyosiy tavsiflanishini o’z ichiga oladi.