Muallif: Tolipov O'., Ro'ziyeva D.
Chop etilgan yil: 2016
Nashriyot: Toshkent
Chop etilgan shahar: Toshkent
Mazkur qo'llanmada pedagogik texnologiyalarning paydo bo'lishi, rivojlanish tarixi, predmeti va vazifalari, ustuvor maqsadlari va metodologik asoslari, manbalari va ta'riflari, bosqichlari va muammolari to'la tafsilot bilan bayon qilingan. Unda pedagogik yondashuvlarning yangi va xilma-xil variantlari yoritilgan. Shuningdek, qo'llanma mazmunida didaktik o'yinli texnologiyalarga alohida e'tibor qaratilgan va masavafiy, moduli hamda muammoli ta'lim turlari haqidagi ma'lumotlar ham keltirilgan.
Qo'llanmaning izohli lug'ati va ilovalarida ham foydali va qiziqarli materiallar berilgan. Pedagogik mahorat, o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar, uning nutq madaniyati va ijtimoiy faoliyatiga daxldor fikrlar didaktik jihatdan qimmatlidir.
Ushbu qo'llanma talaba yoshlar va ta'lim-tarbiya sohasida faoliyat yurituvchilarga foydali manba sifatida xizmat qilishi mumkin.