Muallif: Boboyev T.

Chop etilgan yil: 2002

Nashriyot: O'zbekiston

Chop etilgan shahar: Toshkent

Аdabiyotshunoslik badiiy adabiyot haqida bahs yurituvchi fan ekan, u haqdagi umumiy nazariy maʼlumotlarni quyidagi tartibda izchillik bilan oʼrganish zarur.
1. "Аdabiyot" atamasining mazmuni va qoʼllanilishi tarixi. "Аdabiyot" (ar. ***»! — adab-obod soʼzining koʼplik shakli boʼlib, lugʼaviy jihatdan yaxshi xulq demakdir) atamasi amalda keng va tor maʼnolarda qoʼllaniladi. Keng maʼnoda qoʼllanilganda "adabiyot" tushunchasi doirasiga kitoblar, risolalar, maqolalar va umuman, koʼpchilikning oʼqishiga moʼljallab yozilgan va nashr qilingan (bosmaxona kashf etilishidan avvalgi davrda qoʼlyozma holda tarqalgan) asarlar kiradi. Аdabiyot, ayni chogʼda, turli sohalarga boʼlinadi va turli nomlar bilan ataladi. Chunonchi, qishloq xoʼjaligiga oid asarlar — "qishloq xoʼjaligi adabiyoti", texnikaga doir asarlar — "texnika adabiyoti", tibbiyotga oid asarlar — "tibbiyot adabiyoti", siyosatga doir asarlar — "siyosiy adabiyot", soʼz sanʼatiga oid asarlar — "badiiy adabiyot" deb yuritiladi va hokazo. "Аdabiyot" atamasi tor, yaʼni maxsus maʼnoda qoʼllanilganda faqat badiiy asarlar (romanlar, povestlar, hikoyalar, ocherklar, sheʼrlar, balladalar, poemalar, qasidalar, dramalar, komediyalar, tragediyalar va boshqalar)gina nazarda tutiladi. "Аdabiyotshunoslik asoslari" kursimizda "adabiyot" atamasi, asosan, mana shu maxsus maʼnoda qoʼllaniladi

2022-02-05 13:24:10 | ko'rishlar soni: 3471 | Yuklab olindi: 1086-marta