Muallif: Mamarasulova Sh.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: SamDCHTI nashri
Chop etilgan shahar: Samarqand
Mazkur Bitiruv malakaviy ish (BMI) mavzusining dolzarbligi. Maqollar xalq o’g’zaki ijodining katta ahamiyat kasb etadigan janrlaridan biri bo’lib, bugungi kunda maqollarni qiyosiy tilshunoslikda chuqur o’rganish orqali tilshunoslikning yangi qirralari ochib berilyapti. Mavzuning eng muhim dolzarb jihatlaridan biri shundaki, bir tomonda xorijiy tillarga qiziqishning o’sishi bo’lsa, ikkinchi tomondan ingliz va o’zbek tillaridagi maqollarning lingvokulturologik va semantik xususiyatlarini har ikkala tilda qiyosiy o’rganish va ularni o’xshash va farqli tomonlarini umumlashtirishdir. Ayniqsa, o’zbek va ingliz maqollarini qiyosiy o’rganish asnosida har ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilga qay daraja aks etganini ifodalab, xalqlarning mentalitetidagi o’zaro o’xshash va farqli tomonlarini isbotlab beradi. Mazkur masalani o’rganish uchun ingliz va o’zbek xalqining milliy madaniyatini ifodalovchi maqollarni qiyoslash, milliy mentalitet va uni ifodalovchi xususiyatlarini tahlil etish lozim.