Muallif: Rahimov A.S.
Chop etilgan yil: 2012
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Bu sohada olib borilgan ko‘p asrlik izlanishlar tufayli o‘tgan asrning boshlarida sistem-struktur tilshunoslik nomi bilan yuritiluvchi lingvistik yo‘nalish vujudga keldi. Tilshunoslikning bu yo‘nalishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar bakalavriat bosqichida o‘tiladigan «Tilshunoslikka kirish», «Umumiy tilshunoslik», «Tilshunoslik tarixi», «Nazariy grammatika» singari fanlardan olinadi. Shunday ekan, "Tizimli lingvistika"ning dasturidan o‘rin olgan mavzular ana shu fanlardan olingan bilimlarning izchilligini ta’minlash va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Ushbu fan dasturidan o‘rin olgan asosiy mavzular til va nutq hodisalariga xos umumiylik va xususiylik, mohiyat va hodisa, imkoniyat va voqelik kabi dixotomik qonuniyatlar haqida bahs yuritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.