Muallif: Xasanova D.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati: Ingliz tilidagi frazeologik birikmalarning paydo bo’lish yo’llari va ularning o’zbek tilidagi muqobillarini tilshunoslikda tutgan o’rni va qo’llanilishini umumiy tilshunoslik nuqtai-nazardan o’rganish bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga ingliz va o’zbek tillarida frazeologik birikmalarning leksik hamda leksikografik ifodalanishi yoritildi va tilda tutgan o’rni aniqlandi.
Ushbu malakaviy ishning natijasi “Umumiy tilshunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Nazariy grammatika”, “Amaliy grammatika” kabi fanlarni o’qitishda, tarjimaning amaliy va nazariy masalalarini o’rganishda, shu bilan birga bu mavzuga oid bo’lgan gaplar va matnlarni maktab, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlarida o’rganishning lingvodidaktik masalalariga yondashishda o’rganilishi mumkinligi va muhim ahamiyat kasb etishi ishning amaliy ahamiyatini belgilab beradi.
Malakaviy ishning tuzilishi. Mazkur bitiruv malakaviy ish kirish, uchta bob, har bir bobda ikkitadan punktlar hamda xulosa va foydalanilgan adabiyotlarning alifbo tartibidagi ro’yxatidan iborat.