Muallif: Turniyozov B.

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

   Ushbu qo'llanmada xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyalari fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik metodlardan biri bo'lgan loyiha ta'lim texnologiyasidan foydalanish masalasi keng yoritilgan. Shuningdek, ishda, asosan, xorijiy tilshunoslarning lingvislikaning sintaksis sohasidagi nazariy qarashlari izohlangan. Talabalar mazkur fandan o'zlashtirgan bilimlarini sinab ko'rishlari uchun uslubiy qo'llanmada turli darajadagi topshiriqlar ham keltirilgan.
   Xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyalari fani birinchi kurs magistrantlariga o'tiladi. Fanni o'tishda asosiy qo'llanma sifatida filologiya fanlari doktori, prof N.Q.Turniyozovning «Xorijiy mamlakatlar lingvistik nazariyalari» nomli o'quv-uslubiy qo'llanmasidan foydalanildi. Shu bois mazkur uslubiy qo 'llanmani tuzishda, asos sifatida, N.Q.Turniyozovning kitobiga murojaat etildi.
Qo'llanma oliy o'quv yurtlarining filologik yo'nalishdagi fakultetlari talabalariga mo'ljallangan.

2021-04-15 15:10:17 | ko'rishlar soni: 2633 | Yuklab olindi: 1978-marta