Muallif: Maxmudova Sh.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Tadqiqot ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishimizda jahon tarjimashunosligida realiya termini va milliy xususiyatlarga berilgan turli munosabatlarning umumlashtirilganligi va muayyanlashtilirilganligi, o’zbek adabiyoti namunalaridagi milliy xususiyatlar muayyan asar misolida mavzuiy guruhlarga ajratilganligi hamda milliy xususiyatlarni o’zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilish usullarini ko’rsatib berilganligi uning nazariy ahamiyatini belgilaydi. Ana shu tavsiya va xulosalardan amaliy tarjimachilikda hamda ta’limning turli bosqichlaridagi ingliz tili darslari hamda referat, kurs ishi, malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari yozishda foydalanish mumkinligi uning amaliy ahamiyati ko’lamini ko’rsatadi.

Tadqiqotning ilmiy metodologik asoslari. Milliy xususiyatlarni tarjima hamda tahlil qilishda turli olimlarning, jumladan, rus, ingliz, bolgar, fransuz va o’zbek olimlarining fikrlari hamda nuqtayi-nazarlari to’g’ri tushunilgan holda tadqiq usullari, xususan, transliteratsiya, transkripsiya, so’zma so’z tarjima, izoh keltirish orqali tarjima qilish hamda boshqa usullardan foydalaniladi.

Tadqiqot ishi tuzulishi. Mazkur tadqiqot ishimiz 3 bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat, har bir bob so’ngida xulosa va eng so’ngida umumiy xulosa keltirilgan

2021-02-13 13:49:45 | ko'rishlar soni: 1468 | Yuklab olindi: 910-marta