Muallif: Abdusattarova Shakhlo

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mazkur bitiruv malakaviy ish atamalarni ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilish usullariga bag’ishlangan bo’lib, bo’lg’usi tarjimonlar uchun juda ahamiyatli mavzu bo’lib xizmat qiladi. Bilamizki ingliz tili atamalarga boy til hisoblanadi. Ushbu atamalarni o’zbek tiliga tarjima qilinayotganda juda ehtiyotkorlik talab etiladi. Tarjimada bir tildan boshqa tilga atamalar ekvivalentini topish biroz qiyinchilik tug’diradi. Tarjima jarayonida bir tilning madaniyatiga oid so’zlarni to’g’ri tanlash juda muhim.

Tadqiqot predmeti tibbiy atamalarni ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishning usullarini  har jihatdan tadqiq etishdir.

Tadqiqot maqsadi esa ingliz tilining tibbiy terminologik lug'atidagi atamalarning tarkibiy va semantik xususiyatlarini shu bilan birga ularni tarjima qilish xususiyatlarini aniqlash.

2020-10-23 16:46:18 | ko'rishlar soni: 1515 | Yuklab olindi: 970-marta