Muallif: Hohiyeva Sh.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma buyuk ma'rifatparvar Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lponning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Dasturda Cho'lpon hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida kelayotgan Cho'lpon hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Cho'lpon ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida jadidchilik harakatining asosiy nuqtalariga murojaat qilinib, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlarni singdirishga harakat qilindi.

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

2020-09-25 14:44:34 | ko'rishlar soni: 917 | Yuklab olindi: 341-marta