Muallif: Yusupova D.
Chop etilgan yil: 2020
Nashriyot:
Chop etilgan shahar: Toshkent
Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma o'zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini oliy ta'limning nofilologik yo'nalishlarida o'rganish uchun ishlab chiqildi. Unda Alisher Navoiy hayoti va ijodiga doir muhim ma'lumotlar, ijodkorning ilmiy-ijodiy merosi qamrab olingan, buyuk mutafakkir asarlariga doir yangicha talqinlar berilgan.
Har bir mavzu so'ngida jadval va chizmalar asosida ma'ruzaning uslubiy ta'minoti ishlab chiqilgan.
Ushbu o'quv dasturi va uslubiy qo'llanma Alisher Navoiy hayoti va ijodi bo'yicha nofilologik ta'lim yo'nalishlarida dars mashg'ulotlari olib boruvchi professor-o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.