Muallif: Xoldorov D.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, iste'dodli yozuvchi, tarjimon, dramaturg, adabiyotshunos va tanqidchi Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Unda Abdulla Qahhor hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Abdulla Qahhor hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritildi, shuningdek, istiqlol ne'matlaridan bahra olib, voyaga yetgan bugungi yoshlarimiz adibimizning qanday sharoitlarda ijod qilgani, mafkura tazyiqlaridan qo'rqmay, milliy qadriyatlarimiz, an'analarimizni asarlari qatiga singdirib, bizgacha yetkazib berganligini his qilishlariga harakat qilindi.

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Abdulla Qahhor hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

Qo'llanmani to'liq formatda yuklab olish tugmasi orqali yuklab oling.

2020-09-21 09:33:42 | ko'rishlar soni: 879 | Yuklab olindi: 320-marta