Muallif: Ziyaviddinova M.

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot: Noshir

Chop etilgan shahar: Toshkent

Ushbu darslik aruz ilmining qonun-qoidalari, tarkibiy qismlari, aruz bahrlari va aruz doiralari hamda Movarounnahrlik olimlarning aruzga doir asarlari haqidagi ma`lumotlarni o 'z ichiga qamrab olgan. Mazkur darslik "Arab filologiyasi" va "Mumtoz filologiya " mutaxassisligi bo'yicha bakalavr ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga mo’ljallangan.

Sharq mumtoz adabiyotining salmoqli qismini nazmiy asarlar tashkil etadi. Shu bois, sharqshunos talabalar mumtoz arab, fors va o'zbek she'riyatini to'g'ri o'qish, ma'lum bir maromdagi ohangini anglash uchun aruz nazariyasini o'rganishlari lozimdir.

Mazkur "Aruz ilmi" darsligining maqsadi arab bo'limi va mumtoz filologiya talabalarini vaznlar tushunchasi bilan tanishtirib, she'riy asarlarni vaznini aniqlab, o'z qolipiga solib, musiqiy ohangda o'qishga o'rgatishdir.

2020-07-02 10:58:30 | ko'rishlar soni: 3438 | Yuklab olindi: 2198-marta