Muallif:

Chop etilgan yil: 2019

Nashriyot:

Chop etilgan shahar:

Yoshlarga ichkilikbozlikning oldini olishda, avvalambor tarbiyaga ahamiyat berish va spirtli ichimlikning zararli ta’sirini to’g’ri tushuntirish kerak bo’ladi. Ota-onalar shuni unutmasliklari darkorki, zararsiz spirtli ichimlik umuman bo’lmaydi.

Ayniqsa, ayollarning spirtli ichkilikka ruju qo’yishi, hozirgi kunda jiddiy muammolardan biriga aylanib bormoqda. Ularning ichkilikbozlik kasaliga chalinishi erkaklardan farqli o’laroq spirtli ichimlikka moyilligi tezroq sodir bo’ladi. Ya’ni, erkaklarda kasallik rivojlanishi 7-10 yilni o’z ichiga olsa ayollarda esa 5 yil kifoya. Ichkilikning organizmga nojo’ya ta’siri ayollarda erkaklarga nisbatan ancha ertaroq kechadi. Asosan spirtli ichimlik jigar va me’daosti bezini zararlaydi. Ichkilikka ruju qo’ygan ayollarning xulqi, hayot tarzi yomon tarafga o’zgaradi. Natijada turli jinsiy kasalliklar kelib chiqadi.

2019-08-02 13:14:08 | ko'rishlar soni: 3798 | Yuklab olindi: 1731-marta