Muallif: Elmurodov N.

Chop etilgan yil: 2008

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanmada o'zbek xalqining etnik gurulari-urug'lari, ularning kelib chiqish tarixi haqida ba'zi ma'lumotlar berilgan. Unda Samarqand viloyati tumanlarida istiqomat qilayotgan o'zbek etnik guruhlari-urug'lari to'g'risida materiallar keng o'rin olgan.

O'zbek xalqi tarixini, madaniyatini keng va xolisona o'rganish kishilarimizda, chunonchi yoshlarimizda o'z millati, Vataniga bo'lgan ixlosini yanada oshiradi, ularda turli tashqi ta'sirlar, g'ayrimilliy qarashlardan holi bo'lish qobiliyatini shakllantiradi. Zero, o'zbek xalqi eng qadimiy elat-millatlardan bo'lib, ma'naviy madaniyatlari ildizining teranligi sababli asrlar davomida tashqi tajovuzlaga dosh beribgina qolmay, dunyoning juda ko'p xalqlariga o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatib kelmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov haqli ravishda ta'kidlaganidek "o'zbek xalqi "Avesto" paydo bo'lgan zamonlardan buyon o'z hayoti, o'z madaniyati, o'z tarixi bilan yashab keladi. Bunday turmush tarzi, bunday tarix, bunday madaniyat betakroro bo'lib, u jahon madaniyatining beqiyos durdonalaridan hisoblanadi”.

2015-02-16 15:58:17 | ko'rishlar soni: 8161 | Yuklab olindi: 5669-marta