Muallif: Ergashev Q., Hamidov H.
Chop etilgan yil: 2015
Nashriyot: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Chop etilgan shahar: Toshkent
Oliy va o 'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha muvofiqlashtiruvchi metodik markazi xulosasi hamda Oliy va o'rta ta`lim vazirligi qoshidagi "Gumanitar fanlar ta'lim yo'nalishi" bo'yicha o'quv-uslubiy komissiyasi tomonidan nashrga tavsiya etilgan (2013 yil 2 sentabr. 19-sonli bayonnoma).
Bu darsliklar, o'quv qo'llanmalar nashr etilgandan buyon yana bir necha zalvorli yillar o'tganini va bu yillar ichida eng yangi tarix yanada to'yinganini ta'kidlash lozim. Bu tarix jarayonlarini xolisona yoritmoq va bundan yosh avlodni bahramand etmoq ushbu o'quv qo'llanmaning yaratilishiga turtki bo'ldi.
Albatta, mazkur o'quv qo'llanmaning salmog`i, jarayonlarning keng qamrovligini hisobga olsak, u juz'iy kamchiliklardan xoli emas. Shu bois mualliflar qo`llanmani nazariy va uslubiy saviyasini yanada oshirishga doir taklif-istaklarini bildirgan olim va amaliyotchilarga hamda o'quvchilar ommasiga oldindan o'z minnatdorchiligini bildiradi.