Muallif: Shirinboyev Sh.A.

Chop etilgan yil: 2008

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ekologiyanining o’ziga xos boshqa xususiyatlari ham bor. Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, «oykos –uy, logos- fan» manolarini bildiradi. Bu fan «tabiiy uyda» yashayotgan va shu «uyda» hayot uchun kerakli funksional jarayonlarni o’tayotgan hamma tirik organizmlarni o’rganadi. Bu fan organizmlar va atrof muhit o’rtasidagi aloqalarning har-xilligiga, umumiyligiga katta ahamiyat beradi.

Keyinggi paytlarda tabiiy qonunlarni ko’r-ko’rona unutdik, «Tabiatdan hamma narsani olish- bizning burchimiz» degan noto’g’ri ishoralarni ilgari surdik. Natijada tabiatning turg’un holatini buzdik, oxirida yana tabiatga, uning qonunlariga bo’yin egib, undan bizga, bizdan unga yordam qo’lini cho’zishga keldik. Fan yutuqlarining hozirgi darajasida va ekologiya rivojining yangi bosqichida uning asosiy mazmuni aniq bo’lib qoldi, yani ekologiya fani tirik organizmlarning bir-birlari va ularning atrof-muhit bilan munosabatlarini, tirik organizmlarning tabiiy sharoitda rivojlanishi, ko’payishi va tarqalishi ular o’zlarining hayot faoliyatlarida muhitning o’zgarishiga olib keladigan qonuniyatlarni ham o’rganadi.

2019-01-23 10:55:32 | ko'rishlar soni: 4550 | Yuklab olindi: 3684-marta