Muallif: Umurzakova D. T.
Chop etilgan yil: 2017
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Tadqiqot ishining maqsadi sintaktik stilistik vositalarni qiyosiy jihatdan mukammal o‘rganish va badiiy matn tarkibida tutgan o‘rnini belgilab olishdan iborat. Ishning maqsadiga uzviy bog‘liq holda tadqiqot jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
1.Sintaktik stilistik vositalarning umumiy xususiyatlarini tahlil qilish;
2.Sintaktik stilistik vositalarni qiyosiy jihatdan ingliz va o‘zbek tillari doirasida o‘rganib chiqish;
3.Badiiy matn tarkibida sintaktik ifoda vositalari va stilistik vositalarning tutgan o‘rnini nazariy jihatdan tahlil etish;
4.Ingliz va o‘zbek tillari kesimida badiiy matn tarkibida qo‘llanilgan sintaktik stilistik vositalarning kommunikativ funksiyalarini izchil tarzda o‘rganish.
Tadqiqot ishining gipotezasi. Matn va turli tarkibiy ma’nolarning o‘zaro bog‘liqligi hamda badiiy matn va kontekstual ma’no mohiyatining to‘laqonli ochib berilishida sintaktik stilistik vositalarning tutgan o‘rnini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganib chiqish, ikkita til doirasida qiyosiy tahlilini o‘tkazish matn va qiyosiy tilshunoslik nuqtai nazaridan til taraqqiyoti qonuniyatlarining ayrim jihatlarini yoritishda muhim ahamiyatga ega.