Muallif: A.Abdullaev va boshqalar

Chop etilgan yil: 2017

Nashriyot: ToshDSHI

Chop etilgan shahar: Toshkent

Qo‘llanmada bugungi kunda dunyoda keng tarqalgan va musulmon jamiyatlarini ham chetlab o‘tmayotgan diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi mutanosiblik, imon va kufr tushunchalarining talqini, islom va san’at, «ommaviy madaniyat», tariqatchilik borasidagi mulohazalar, ijtimoiy odoblar va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish yo‘l-yo‘riqlari, shuningdek, islomda iqtisodiy jarayonlar kabi masalalarga Qur’oni karim, hadisi shariflar va islom olamida e’tirof etilgan zabardast olimlarning ijtihod va fatvolariga tayanilgan holda to‘xtalib o‘tilgan.

Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan «Jaholatga qarshi ma’rifat» turkumida tayyorlangan mazkur qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

2018-05-30 11:00:51 | ko'rishlar soni: 1444 | Yuklab olindi: 507-marta