Muallif: Ruhiddinova M.N.

Chop etilgan yil: 2017

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tilshunoslarning ta'kidlashicha, gapni aniqlashda to'rt usul mavjud: mantiqiy, psixologik, strukturual yoki grammatik va fonetik nuqtai nazar.

Ingliz tili grammatikasi uchun psixologik jihatdan gapni aniqlash tipik holat emas. Gapning mantiqiy aniqlanishi asosan, fikrning kengayishiga qarab aniqlanadi. Struktural tilshunoslar esa gapni grammatik yoki  fonetik  mezonlar asosida aniqlash usullarini qayd qilishadi.

Tadqiqot maqsadi va vazifasi sintaksisni chuqurroq ko'rib chiqish, gap bo'laklari va ularning gapdagi o'rni, ishlatilishi va ular orasidagi sintaktik aloqalarni misollar orqali ko'rib chiqish va sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalar nimalar ekanligini aniqlash.

Mavzuning dolzarbligi. Malumki, an'anaviy gramatikada sintaktik aloqa sintaktik munosabat atamasi asosida talqin qilinadi. Sintaktik aloqa haqida gapirganda moslashuv, bitishuv va boshqaruvlar tushunilsa, sintaktik munosabatlar esa attributiv, obekt, hol munosabatlari asosida ifodalanadi. Ammo maskur sintaktik aloqalar asosan gap qurilishini sintaktik tahlil qilishda emas, balki birikmalar talqinida tahlil qilishda ko'zga tashlanadi.

2018-05-11 10:47:01 | ko'rishlar soni: 4002 | Yuklab olindi: 2057-marta