Muallif: Muhibova U.
Chop etilgan yil: 2012
Nashriyot: ToshDSHI
Chop etilgan shahar: Toshkent
Bxakti adabiyoti o‘rta asrlar Hindiston xalqlari adabiyotining eng katta merosini tashkil etadi. Ushbu monografiya Toshkent davlat sharqshunoslik institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan F-1-139 «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» nomli ilmiy-tadqiqot loyihasi asosida tayyorlandi. Monografiyada o‘zbek sharqshunosligida ilk bor Boburiylar davridagi bxakt shoirlar ijodi misolida bxakti adabiyotini har tomonlama o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Mazkur kitob filologiya yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan adabiyotshunoslar, shu bilan bir qatorda keng kitobxonlar ommasi uchun ilmiy-adabiy va ma’naviy-estetik ma’lumot beruvchi manba sifatida xizmat qiladi.