Muallif: Imomnazarov M.S.

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: ToshDSHI

Chop etilgan shahar: Toshkent

 Ushbu monografik tadqiqot Toshkent davlat sharqshunoslik insti-tuti Xorijiy Sharq xalqlari adabiyoti kafedrasida  F-1-139 “Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlari tipologiyasi” ilmiy-tadqiqot loyihasi bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlandi. Unda X-XV asrlar fors mumtoz she’riyati badiiyatshunosligining dolzarb masalalari qisqacha tahlil etilib, zamonaviy badiiyatshunoslik ilmi nuqtai nazaridan yoritishga harakat qilindi. Olingan mavzu ko‘lami nihoyatda keng bo‘lganligidan mumtoz she’riyat badiiyatshunosligining barcha muammolarini bir tekis va batafsil yoritish maqsad qilib qo‘yilmadi, balki bugungi kunda eng muhim hisoblangan muammolarga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga mavzularni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasining “adabiyotshunoslik”  mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitiladigan maxsus kurslar mundarijasi bilan bog‘liq ravishda yoritish ham ko‘zda tutildi. Tadqiqot ushbu yo‘nalishda birinchi tajriba bo‘lganligidan unda turli kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi tabiiy. Shu sababli uning mazmunini yanada boyitish va mukammallashtirish niyatida bildirilgan barcha tanqidiy mulohazalarni muallif mamnuniyat bilan qabul qiladi.

2018-01-31 13:04:24 | ko'rishlar soni: 1968 | Yuklab olindi: 650-marta