Muallif: Uvatov U.M., Usmonov I.S.
Chop etilgan yil: 2017
Nashriyot: Toshkent islom universiteti
Chop etilgan shahar: Toshkent
Ushbu risola termizlik ikki buyuk alloma Abu Iso Muhammad va Hakim Termiziylarning hayoti, ijodiy faoliyati, islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy-ma’naviy merosi tadqiqiga bag‘ishlanadi. Allomalarning o‘z davridagi diniy masalalar, inson ruhiyati, axloq-odob, hikmat borasida bergan qimmatli fikrlari bugungi kunimizda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ayniqsa, hozirda turli da’volarni ilgari surayotganyot kuchlarning kirdikorlarini fosh qilishda ham ushbu ikki allomaning asarlari beqiyos manba bo‘lib xizmat qiladi. Zero, sof islom ta’limoti aks etgan ushbu asarlarda zo‘ravonlik, xunrezlik, buzuqlik kabi illatlar qoralanib, ma’naviy barkamollik g‘oyalari ilgari suriladi. O‘quvchida termizlik allomalarning ijodi haqida to‘liq tasavvur paydo bo‘lishi uchun risolada ularning asarlaridan tarjimalar ham keltirilgan