Muallif: Umurova G., Rahmatullayev N.
Chop etilgan yil: 2015
Nashriyot: SamDChTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Adabiyot nazariyasi fanining asosiy maqsadi – badiiy asarni tahlil qilish uchun yo‘llanma berish, badiiy matnni chuqur va turli metodlar asosida talqin qilish, jahon adabiyotshunosligidagi adabiyotshunoslik metodlarining ichki imkoniyati va cheklanganlik tomonlarini barcha adabiy tur hamda janrlar bo‘yicha yozilgan ilmiy asarlar misolida asoslab o‘rganish, talabalarning ilmiy-estetik tafakkurini shakllantirish sanaladi. Fanning bosh vazifasi talabalarga adabiyotshunoslikning turli masalalarini tahlil etish, mustaqil fikrlash, Adabiyotshunoslik metodologiyasi, Badiiy tahlil asoslari, O‘zbek adabiy tanqidi tarixi kabi fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan tayanch bilimlarni beradi.