Muallif: Turobov A.

Chop etilgan yil: 2016

Nashriyot: SamDChTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

   Ushbu majmua umumiy tilshunoslik fani uchun tuzilgan bo’lib, undagi materiallar 4-kurslarga mo’ljallangan.
   Respublikamizda ta’lim tizimi va usulining yangilanishida Oliy Majlisning IX sessiyasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning qabul qilinishi bu sohada tub burilish yasadi. An’anaviy o’qitish uslubiga xos talaba o’quv jarayonining oddiy tinglovchi subyekti, o’qituvchi esa axborotni yetkazuvchi faol subyekt sifatida tashkil etilish tamoyilidan «talaba va o’qituvchi o’quv jarayonining faol ishtirokchisi» tamoyiliga o’tdi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek: «… fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat».

2016-08-05 14:26:00 | ko'rishlar soni: 25944 | Yuklab olindi: 23655-marta