Muallif: To'ychiboyev M.U.
Chop etilgan yil: 2015
Nashriyot: Tafakkur bo'stoni
Chop etilgan shahar: Toshkent
To‘ychiboyev M.U. Bioximiya va sport bioximiyasi: darslik-T.: Tafakkur bo‘stoni, 2015— 416 b.
Mazkur darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan biokimyo fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlangan. Darslik uch qismdan iborat. Birinchi “Statik biokimyo” qismida tirik organizmlaming tarkibiga kiradigan kimyoviy moddalarning tuzilishi (strukturasi), xossalari va biologik funksiyalari haqidagi zamonaviy ma’lumotlar keltirilgan. Ikkinchi “Dinamik biokimyo” qismida odam organizmida uning fiziologik funksiyalarining asosini tashkil qiladigan turli biokimyoviy jarayonlar haqidagi ma’lumotlar berilgan. Uchinchi “Sport biokimyosi” qismida esa turli jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganda odam organizmida unga javoban sodir bo‘ladigan biokimyoviy o‘zgarishlar va ularning qonuniyatlari bayon qilingan.
Ushbu darslik jismoniy tarbiya institutlari va boshqa barcha Oliy o‘quv yurtlari jismoniy tarbiya bakalavriyat yo‘nalishidagi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,undan biologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin.