Muallif: ARM

Chop etilgan yil: 2015

Nashriyot: SamDChTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Windows XP ni qattiq diskka o`rnatish

   Windowsni o`rnatishdan oldin qattiq disk razdellari konfiguratsiyasi haqida jiddiy o`ylab ko`rish kerak. Agar kompyuterda bir necha hil OT mavjud bo`lsa bu masalaga jiddiyroq tus oladi. Bu holatda har bir OT uchun alohida o`z razdeli bo`lishi kerak. Agar kompyuterda faqat Windows XP dan foydalanish ko`zda tutilsa u holda qattiq diskni 2 ta bo`limga bo`lish taklif etiladi. Birinchi razdel OT va unda ishlaydigan amaliy va xizmatchi dasturlar uchun foydalaniladi va u asosiy (primary) va aktiv (activ) razdel hisoblanadi. Ikkinchi razdel mantiqiy (logical) razdel hisoblanib, unda  foydalanuvchi uchun zarur bo`lgan fayllar, o`rnatiluvchi dasturlar saqlanadi. Bu taklif etilgan konfiguratsiya malumotlaringizni tasodifiy buzilishlardan, viruslar bilan zararlanishdan, OT buzilishlaridan himoyalaydi. 

   Windowsni o`rnatishda birinchi navbatda shuni aniqlash lozimki, Windowsni o`rnatish va uni ishlatish uchun kompyuter resurslari yetarlimi. Buni aniqlashda 2 ta xujjat yordam beradi: minimal aparat konfiguratsiyasi va mo`tanosib qurilmalar ro`yxati (Hardware Compatibility List, HCL).

2016-02-22 10:45:08 | ko'rishlar soni: 2838 | Yuklab olindi: 1353-marta