Muallif: M.Yo'ldoshev, A.Nurmuhammedov, A.Xasanov.

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: SamDU

Chop etilgan shahar: Samarqand

   Uslubiy qo'llanma universitetda nemis tilini ikkinchi til sifatida o'rganayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, uslubiy ko'rsatmada nemis tilining qisqacha fonetikasi, morfologiyada so'z turkumlariga to'xtalib, ot, sifat, son, ravish, olmosh, predlog, bog'lovchilar, qo'shma gap va ergash gap, qo'shma gaplar haqida qisqa ma'lumot berilgan. Shuningdek, ot va otlarning turlanish guruhlari, fe’l va fe’l zamonlari haqida alohida to'xtalib, ayrim otlarning turlanishi va fe'llarning zamonlarda tuslanishi haqida namunalar keltirilgan va tegishli mashqlar bilan mavzular mustahkamlangan.

  Uslubiy qo'llanmani tayyorlashda M.Vasilyeva, A.Gevelenglarning "Nemis tilining amaliy grammatikasi", T.Mirsoatovning "Nemis tili grammatikasi", E.Shendelsning "Nemis tili grammatikasi" kabi manbaalardan foydalanilgan.

2016-02-11 14:31:17 | ko'rishlar soni: 11289 | Yuklab olindi: 3663-marta