Muallif: Axtamova Yodgora

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mavzuning dolzarbligi. Tadqiqotning dolzarbligi qardosh bo’lmagan tillarni, jumladan ingliz va o’zbek tillarini qiyosiy tavsiflashdan iborat bo’lib, hozirgi zamon tilshunosligida muhim o’rin egallaydi. Bundan tashqari, mavzuning dolzarbligi ingliz va o’zbek tillarida kesim (NP2-yadro predikativlik II) o’rnida kelgan elementlar asosida gap bo’laklarining kompleks tahlil qilinishi ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi.

Tadqiqot obyekti va predmeti. Ingliz va o’zbek tillarida kesim o’rnida kelgan elementlarning differensial sintaktik va semantik jihatdan qiyoslanishi tadqiqot obyektini tashkil etadi. Tadqiqotning predmeti esa sodda gaplar tarkibida ishtirok etgan birliklardan kesim vazifasidagi elementlarning tipologik jihatdan qiyosiy tavsiflanishini o’z ichiga oladi.

Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishning oldiga qo’yilgan asosiy maqsad ingliz va o’zbek tillarida kesim tipologiyasi talqinidan iborat bo’lib, shu maqsad yo’lida quyidagi vazifalarlarni bajarishga e’tibor qaratildi:

- qardosh bo’lmagan tillar (ingliz va o’zbek tillari) tizimida kesim o’rnida kelgan elementlarni morfologik jihatdan, ya’ni ifodalanish usuliga ko’ra tasniflash;

-  ingliz va o’zbek tillarida differensial sintaktik birliklarning izomorflik va allomorflik xususiyatlarini belgilash;

- gapda kesim (NP2) o’rnida kelgan elementlarning differensial sintaktik-semantik belgilarini tipologik jihatdan o’rganish;

- har ikkala tilda kesim o’rnida kelgan elementlarni kategorial hamda nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilari asosida tasniflash;

- har ikkala tilda aniqlangan sintaksema variantlarini inventarizasiya qilish.

Tadqiqotning metodologik asosi. Tadqiqotning metodologik asosini milliy istiqlol mafkurasi g’oyalari, Prezident I. A. Karimovning asarlari, O’zbekiston Respublikasi hukumatining  til, ta’lim va fanni  rivojlantirish borasidagi  ko’rsatma va qarorlari tashkil etadi.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot jarayonida asosan, qiyosiy–tipologik, distribusiya, modellashtirish, transformasiya, ya’ni eksperiment  metodlaridan foydalanildi.

Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishda ingliz va o’zbek tillarida gap strukturasidagi elementar sintaktik birliklar munosabati yaxlit tizim sifatida qiyosiy-tipologik jihatdan tahlil qilinadi. Shu asosda har bir sintaktik birlikning differensial sintaktik va semantik belgilarini aniqlab, ularni tipologik jihatdan qiyoslashga e’tibor qaratiladi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishdagi tahlil natijalari asosida nazariy, amaliy va qiyosiy grammatika darsliklari yaratishda va ushbu fanlardan dars jarayonida foydalanish mumkin.

Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar:

- qardosh bo’lmagan tillar tizimini qiyosiy-tipologik jihatdan tadqiq qilishda gapda kesim o’rnida kelgan elementlarning asos qilib olinishi sintaktik qatlamdagi birliklarning struktur-semantik tahliliga keng yo’l ochib beradi;

- gapda kesim vazifasida kelgan birliklarning boshqa elementlar bilan bog’lanadigan sintaktik aloqalariga ko’ra, ularning sintaktik qatlamdagi semantik maydoni yoritib beriladi;

- kesim vazifasidagi sintaktik birliklar har ikkala tilda shakliy va mazmuniy jihatlari hamda izomorflik va allomorflik xususiyatlariga ko’ra oydinlashtirilib, aniqlangan sintaksemaning har biri sintaktik sathda tipologik kategoriya sifatida gapning turli o’rnida kelishidan qat’iy nazar, alohida til materiali sifatida o’rganilishi mumkinligi ta’kidlab o’tiladi.

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi qo’yilgan vazifalarning ketma-ket izchilligiga asoslanib, kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, shuningdek, qo’llanilgan shartli belgilarning izohidan iborat. 

2015-02-24 16:37:42 | ko'rishlar soni: 7474 | Yuklab olindi: 5882-marta