Muallif: Radjabova Zuhro
Chop etilgan yil: 2014
Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti
Chop etilgan shahar: Samarqand
Mavzuning dolzarbligi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ingliz tilidagi olmoshlarning grammatik kategoriya xususiyatlari izohlanadi. Ingliz va o’zbek tillarida olmoshlarning qiyosiy tahlili chuqur o’rganishga, unga xos xususiyatlarni tavsiflashga, qolaversa, ularning morfologik xususiyatlarni xam tavsiflashga ham katta ahamiyat kasb etadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishning oldiga qo’yilgan asosiy maqsad ingliz tilidagi olmoshning o’zbek va ingliz tillarida qiyosiy tahlili chuqur o’rganishga asoslangan.
Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot oldiga quyilgan masalalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratildi:
Tadqiqot obyekti va predmeti. Eng serqirra jabhalaridan biri hisoblangan ingliz morfologiyasi tadqiqot obyektini tashkil etsa, undagi aynan olmoshlarning turlari tadqiqot predmetini tashkil etadi.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqot oldiga kuygan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishda tasviriy va qiyosiy tahlil qilish metodlaridan foydalanildi.
Tadqiqotning nazariy axamiyati. Namoyish etilgan grammatik o’rniga kuyilgan olmoshni almashtirib bunday xolatda ko’prok chuqur tilga oid axamiyatini o’ziga xos xilma-xilligi namoyon etildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishdagi tahlil natijalari asosida nazariy, amaliy, va qiyosiy grammatika fanlarini o’qitishda qolaversa, chet tillarini o’qitish va o’rganish jarayonlarida ham foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi qo’yilgan vazifalarning ketma-ket izchilligiga asoslanib, u kirish, uch bob, har bir bobga xulosa, umumiy xulosa va foydalanilgan ilmiy adabiyotlar ro’yxatidan iborat.