Muallif: Jumaniyozova Maxfira
Chop etilgan yil: 2014
Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti
Chop etilgan shahar: Samarqand
Mavzuning dolzarbligi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi fransuz tilida aniqlovchining sintaktik va struktur jihatdan tavsiflashdan iborat ekanligi bilan izohlanadi. Tilning sintaktik qatlamiga mansub aniqlovchi va uning ifoda vositalarini fransuz tili misolida ko’rib chiqish fransuz grammatikasidagi aniqlovchi hodisasini chuqur o’rganishga, unga xos shakily tuzilish va mohiyatni tavsiflashga, qolaversa, ularni badiiy matnlarda o’qib tushunish va tahlil qilish jarayonida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Tilshunoslikda fransuz grammatikasiga doir muammolar avvalambor, L. Tenieyr, V.G. Gak, Е.А. Referovskaya, А.К Vasilyeva, T.Y. Nikolskaya, E.K. Goldenberg, L.I. Iliya, M.Arrive, F.Godet, M.Galmishlar tomonidan keng tarzda tadqiq qilingan. Ayniqsa grammatikaning sintaksis bo’limi va gap bo’laklarining o’ziga xos grammatik va sintaktik xususiyatlari batafsil ishlab chiqilgan. Biroq, bizning tadqiqot ishimiz bu xususidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda ularni sodda misollar, tushuntirishlar va tahlil orqali aniqlovchi va uning ifoda vositalariga xos xususiyatlarni ma’lum bir strukturaga solgan holda amaliy tarzda izohlash bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda aniqlovchining struktur jihatdan turlari bo’yicha bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining oldiga qo’yilgan asosiy maqsad fransuz tilidagi aniqlovchi va uning ifoda vositalarining sintaktik va struktur tavsifi va ularning talqinidan iboratdir.
Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot oldiga qo’yilgan masalalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
Tadqiqot obyekti va predmeti. Tilshunoslikning eng serqirra jabhalaridan biri hisoblashgan fransuz grammatikasidagi gap bo’laklari muammosi tadqiqot obyektini tashkil etsa, undagi aynan aniqlovchi masalasi esa tadqiqot predmetini tashkil etadi.