Muallif: Azizova D. B.
Chop etilgan yil: 2025
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Azizova D. B. Ingliz tilshunosligida murakkab qo‘shma gaplar. “Zamonaviy tilshunoslik va derivatsion qonuniyatlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, SamDCHTI, 2025.
Annotatsiya. Maqolada ingliz tilshunosligida murakkab qoʻshma gaplarning (compoundcomplex sentences) lingvistik tavsifi hamda sintaktik qurilmalarning derivatsiyasi va transformatsiyasi masalalari tahlil qilinadi. Muallif nutqiy hosilalarning (derivatlarning) shakllanishi soʻzlovchining grammatik bilimiga emas, balki nutq muhiti, tinglovchi omili, koʻzlangan semantika, stimul va kutilayotgan reaksiya bilan bogʻliq ijtimoiy-kommunikativ faktorlarga tayanishini asoslaydi. N.Chomskiyning jumla tuzilishi qoidalari, transformatsiya va rekursiya haqidagi qarashlari, G.Leech va J.Svartvikning kommunikativ grammatikasi, R.Quirk, S.Greenbaum, G.Leech va J.Svartvikning “A Comprehensive Grammar of the English Language” asaridagi funksional gap tuzilmalari nazariyasi, R.Huddleston va G.K.Pullumning parataksis hamda gipotaksisni farqlashga oid mulohazalari, B.Aartsning teng bogʻlanish (coordination) talqini va M.A.K.Hallidayning funksional grammatikasi qiyosiy-tanqidiy yoʻsinda oʻrganiladi.
Qoʻshma gaplar komponentlarining munosabatiga koʻra teng komponentli, murakkab tuzilishli va aralash tiplarga ajratiladi; ingliz va oʻzbek tillaridagi uch va undan ortiq teng bogʻlangan sodda sintaktik qurilmalardan hosil boʻlgan murakkab qoʻshma gaplarning tarkibiy-semantik mutanosibliklari, bogʻlovchi vositalar va tinish belgilarining qoʻllanishidagi oʻziga xosliklar koʻrsatiladi. Xulosada ingliz tilshunoslarining qoʻshma gap komponentlarini bogʻlashda prosodik va punktuatsion belgilarni oʻzaro yetarli darajada farqlamagani, xususan, nuqtali vergul kabi tinish belgilarini bogʻlovchi vositalar sirasiga kiritishi izohtalab masala sifatida qayd etiladi.
Kalit soʻzlar: murakkab qoʻshma gap, qoʻshma gap, sintaktik derivatsiya, transformatsiya, teng bogʻlanish (coordination), tobe-hokim aloqa (subordination), parataksis, gipotaksis, rekursiya, jumla tuzilishi qoidalari, funksional grammatika, murakkab sintaktik qurilma, bogʻlovchi vositalar, prosodik va punktuatsion belgilar, kommunikativ dominantlik, stimul va reaksiya, lisoniy shaxs, qiyosiy sintaksis.