Muallif: Azizova D. B.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Azizova D. B. Sintaktik derivatsiyaning murakkab qo‘shma gaplar o‘rganilishidagi qarashlar. “Madaniyatlararo muloqotning adabiy-lisoniy takomili hamda tarjima nazariyasi va lingvodidaktikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2025

Annotatsiya. Maqolada sintaktik derivatsiya nazariyasi nuqtayi nazaridan murakkab qoʻshma gaplarni oʻrganish masalasiga munosabat bildiriladi. Gap va uning turlari haqidagi qarashlar Panini grammatikasidan yunon falsafasi, Sharq allomalari va yangi davr yevropa tilshunosligiga qadar tarixiy izchillikda koʻrib chiqiladi. Muallif gapni til birliklarining maksimal sintaktik faollik olishi uchun makon vazifasini oʻtaydigan nutqning minimal birligi sifatida talqin qiladi hamda “qoʻshma gap” terminining nutq birliklari iyerarxiyasi qonuniyatlariga muvofiq kelmasligini asoslaydi. Qoʻshma gap derivatsiyasidagi operandlar sodda gaplar boʻla olmasligi, ular sodda gaplarga faqat oʻxshashligi taʼkidlanadi. V.V.Vinogradov, I.F.Vardul, A.M.Peshkovskiy, T.V.Beloshapkova va oʻzbek tilshunoslarining qarashlari qiyosiy tahlil qilingan holda “qoʻshma gap” oʻrniga mikromatn mohiyatini oʻzida mujassam etgan “murakkab sintaktik qurilma” terminini qoʻllash taklif etiladi. Xulosada derivatsiyani boshqa lingvistik jarayonlardan farqlash mezonlari koʻrsatiladi va fanlar integratsiyasi asosidagi yondashuvning nutq lingvistikasi hamda kompyuter lingvistikasi rivoji uchun ahamiyati dalillanadi.
Kalit soʻzlar: sintaktik derivatsiya, murakkab sintaktik qurilma, qoʻshma gap, sodda gap, operand, operator, derivat, mikromatn, nutq birliklari iyerarxiyasi, sintaktik sath, matn lingvistikasi, kommunikativ yondashuv, fanlar integratsiyasi.

2026-09-03 11:48:12 | ko'rishlar soni: 15 | Yuklab olindi: 5-marta