Muallif: Indiaminova Sh.A.

Chop etilgan yil: 2026

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Indiaminova Sh.A. Buyuk Ipak yo'li merosi va Markaziy Sug'd: tarixiy tajriba va zamonaviy rivojlanish istiqbollari. Monografiya. - Samarqand: "Samarqand davlat chet tillar instituti" nashriyoti, 2026. - 160 b.

Ushbu monografiya Buyuk Ipak yo'li davrida Markaziy Sug'd mintaqasining tarixiy o'rni va bugungi rivojlanish istiqbollariga bag'ishlangan. Kitobda mintaqaning qadimiy savdo yo'lidagi geostrategik ahamiyati, shaharsozlik an'analari, xalqaro diplomatiya va savdo aloqalari, shuningdek, sug'd tangalarining xalqaro pul muomalasidagi roli ilmiy tahlil qilinadi. Asarda yangi tarixiy yondashuvlar, arxeologik topilmalar va raqamli texnologiyalar yordamida o'tmish tajribasi bugungi kun talablari - barqaror turizm, madaniy merosni muhofaza qilish va xalqaro hamkorlik bilan bog'lab ko'rsatiladi. Muallif Markaziy Sug'd yodgorliklarini nafaqat tarixiy obida, balki zamonaviy iqtisodiyot va madaniyat rivoji uchun muhim resurs sifatida qarashni taklif qiladi. Monografiyada mintaqaning tabiiy-geografik imkoniyatlari va shaharlashuv jarayonlari, qadimiy Sug'dning xalqaro savdo va diplomatiya tizimidagi o'rni, numizmatik meros va uning iqtisodiy tarixdagi ahamiyati, tarixiy yodgorliklarni zamonaviy turizm ob'ektiga aylantirish yo'llari, shuningdek, UNESCO merosi ro'yxatiga kiritishning huquqiy va amaliy jihatlari kabi masalalar yoritilgan.

 

 

2026-08-27 15:26:06 | ko'rishlar soni: 23 | Yuklab olindi: 10-marta