Muallif: Egamberdiyeva A.M.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Egamberdiyeva A.M. Altruizm jamiyatda yoshlarni falsafiy tarbiyalash omili sifatida // Sharq tafakkuri va inson muammosi: ma’naviyat, til va tarbiyaning falsafiy tamoyillari. SamDCHTI, 2025. -B. 400-403.

Jamiyatda yoshlarni falsafiy tarbiyalashda altruizmning fundamental nazariy va amaliy muammolari katta ahamiyatga ega. Turlicha ekstremal vaziyatlarda insonlarning bir-birlariga o‘zaro yordamini nazorat qilish qiyin bo‘lganligi uchun ijtimoiy ko‘maklashish imkoniyatini ochadi. Professor Q.Nazarov fikricha, “altruizm – odatda, yaqinlarga mehr-muhabbat bilan qarash, odamlarning xatolarini kechirish, o‘zining qadr-qimmatini chetlab o‘tib, uy-fikri va xatti-harakatini boshqalar hayotiga bag‘ishlash, o‘zini tamomila unutishni anglatadi”. Bunday insonlar o‘tmishda ham, hozirda ham ko‘plab topiladi. Ular o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan ko‘ra jamiyatning, biror-bir insonning qadrini ko‘tarish uchun butun umr intiladilar. Altruizm ezgulik va insonparvarlik instinkti sifatida barcha instinktlarning tendensiyalarini axloqiy jihatdan jamiyatda inson qalbida rivojlantirib, o‘z xayrixohligi asosida fuqarolar bilan yaqinda ijtimoiy ko‘makni amalga oshiradi.

2026-08-07 19:12:31 | ko'rishlar soni: 40 | Yuklab olindi: 17-marta