Muallif: Egamberdiyeva A.M.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Egamberdiyeva A.M. Yoshlarda altruizmni rivojlantirishda diniy ta’limning nazariy-uslubiy masalalari //Xorijiy tilni o`qitishdagi dolzarb metodik, lingvistik masalalar va yondashuvlar. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. SamDCHTI, 2025. -B 11-14. 

Yoshlarning xulq-atvorini tarbiyalashda dinning roli alohida ahamiyatga ega bo‘lib, jumladan, altruistik dunyoqarashni rivojlanishda muhim mexnazim sanaladi. Din yoshlarni o‘z tengdoshlarini kuzatish va ularga taqlid qilish orqali ezgulikka chorlaydi. Diniy tafakkur asosida yoshlar o‘zlarining diniy jamoalarida altruistik modellarga e’tibor qaratib, o‘z xatti-harakatlarini nazariy jihatdan mustahkamlaydilar. Din insonning axloqiy intuitsiyalarini, jumladan, g‘amxo‘rlik va adolat bilan bog‘liq jihatlarni shakllantiradi, bu altruistik xatti-harakatni asoslaydi. Turli dinlarning hikoyalari, ta’limotlari va axloqiy imperativlari yoshlarda altruistik qadriyatlarning poydevorini yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

2026-08-07 18:58:19 | ko'rishlar soni: 62 | Yuklab olindi: 41-marta