Muallif: Normatov X.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

X.Normatov Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini tayyorlashda innovatsion va interfaol metodlarning samaradorligi: nazariya va amaliyot uyg’unligi. “Prospects and opportunities for inclusive teaching in higher education: challenges and solutions”, international scientific and practical conference, 2025-yil 2-3-may. 473-475 bb.

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini zamonaviy ta’lim talablariga muvofiq tayyorlash masalalari yoritilgan. Xususan, innovatsion va interfaol ta’lim texnologiyalarining kasbiy tayyorgarlik, pedagogik madaniyat va amaliy faoliyatga tayyorgarlikdagi o‘rni tahlil qilinadi. Talabalarni mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy faol va psixologik barqaror pedagog sifatida shakllantirishda muammoli ta’lim, case-study, mikro-dars, simulyatsion texnologiyalar, mentorlik tizimi va xorijiy tajribalarning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Nazariya va amaliyotning uzviyligi, refleksiv yondashuvlar, shaxsga yo‘naltirilgan treninglar asosida talabalarda kasbiy kompetensiyalar rivojlanishining bosqichlari tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: Innovatsion metod, interfaol ta’lim, muammoli ta’lim, case-study, refleksiya, mentorlik, simulyatsiya, pedagogik amaliyot, psixologik tayyorgarlik, kasbiy kompetensiya, nazariya va amaliyot uyg‘unligi. 

2026-07-31 11:59:54 | ko'rishlar soni: 47 | Yuklab olindi: 27-marta