Muallif: M.To'qboyeva, D.Teshebayeva

Chop etilgan yil: 2024

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

M.To'qboyeva. D.Teshebayeva. O'zbek tili gap qurilmasida holatni ifodalovchi elementlarning sintaktik o'rni / Ta'lim sifatini yangilashning ilg'or usullari: muammo va yechimlar. SamDChTI- Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. May 2-3, 2024. - B. 1025-1027.

Annotatsiya: Mazkur maqolada o’zbek tili gap qurilmasida holatni ifodalovchi elementlarning sintak tahlili va sintak o’rni haqida tahlillar berilgan.
Kalit so‘zlar: holat kategoriyasi, gap qurilmasi, stativ elementlar, sintaktik tahlil, sintaktik birliklar.
doi: https://doi.org/10.2024/6zw08e84

O‘zbek tili gap qurilmasida holatni ifodalovchi elementlarning sintaktik o‘rnini aniqlash uchun sintaktik sathdagi semantik maydonda yuz beradigan murakkab jarayonni ochishda foydalanadigan sintaktik birliklar orqali ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek tili grammatikasida qo‘llaniladigan holat kategoriyasini bildiruvchi sintaksemalar shu qoidalar asosida sintaktik vosita sifatida tilimizda ishtirok etishadi. Holat kategoriyasini tashkil qiluvchi birliklar sintaktik sathda o‘rganiladi. Xususan, sintaktik birliklar bir necha komponentli bo‘ladi: Salima uxlayapti (gap), chiroyli manzara (so‘z birikmasi).
Komponentlar orasidagi sintaktik aloqa ikki xil: predikativ aloqa va predikativ bo‘lmagan aloqa. Predikativ aloqa natijasida gap hosil bo‘ladi (birinchi misol), predikativ bo‘lmagan aloqa natijasida so‘z birikmasi hosil bo‘ladi (ikkinchi misol). 

2026-07-08 10:16:19 | ko'rishlar soni: 19 | Yuklab olindi: 10-marta