Muallif: Absalamova G.Sh.
Chop etilgan yil: 2025
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Absalamova G.Sh. Ingliz va fransuz tillaridagi lingvo-adabiyotshunoslik terminlarining izohli lug‘ati: Izohli lug‘at. – Samarqand, 2025. – B.96.
Mazkur izohli lug‘atga hozirgi davrda eng ko‘p qo‘llanilayotgan lingvistik va adabiyotshunoslikka oid terminlar hamda tushunchalar kiritilgan. Asar keng kitobxonlar auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, ayniqsa ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalari mutaxassislari, shuningdek, talaba va o‘quvchilar uchun muhim ilmiy-amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi.
Mazkur lug‘atda izohlar, asosan, hozirgi davr darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari va ilmiy-tadqiqot ishlarida uchraydigan, shuningdek amaliyotda keng qo‘llanadigan terminlarga tayanib berildi. Bunga qo‘shimcha ravishda, zamonaviy o‘quv manbalarida kam uchrasa-da, ilmiy adabiyotlar, maxsus soha ishlanmalari yoki tarixiy manbalarda uchraydigan, mazmuni izoh talab qiluvchi birliklar ham kiritildi. Bunday yondashuv nafaqat terminlarning hozirgi til amaliyotidagi o‘rnini aniq ko‘rsatadi, balki ularning tarixiy ildizlarini, shakllanish va rivojlanish jarayonlarini, mazmuniy o‘zgarish hamda semantik kengayish bosqichlarini izchil yoritish imkonini beradi. Shu tariqa, lug‘at foydalanuvchiga til boyligining tarixiy qatlamlari bilan zamonaviy terminologiyaning o‘zaro bog‘liqligini to‘liq idrok etish uchun keng qamrovli manba sifatida xizmat qiladi.