Muallif: Absalamova G.Sh.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Absalamova G.Sh. Mishel Monten ijodida “oila tarbiyasi fazilatlari” leksikasining semantik maydoni: Monografiya. – Samarqand, 2025. – B.123.

Mazkur monografiya fransuz yozuvchisi M.Montenning “Les Essais” asarida oila va tarbiya bilan bog‘liq leksemalarning lingvosemantik hamda lingvomadaniy xususiyatlarini ilmiy asosda tadqiq etadi. Ushbu asarda “oila tarbiyasi fazilatlari” konseptining fransuz tilining milliy-lisoniy va madaniy jihatlari bilan uzviy aloqasi ochib beriladi. Shuningdek, monografiya Monten merosining yangi qirralarini yoritishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, Monten asaridagi “oila tarbiyasi fazilatlari” konsepti fransuz tilining milliy-lisoniy va madaniy xususiyatlari bilan uzviy aloqada tadqiq qilinadi. Bu jarayonda leksemalarning badiiy-estetik ta’sirchanlikni oshirishdagi roli, shaxs tarbiyasi va komil insonni shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari adabiyotshunoslik, lingvokulturologiya, pedagogika va falsafa fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy faoliyatda, shuningdek, oliy ta’lim tizimidagi maxsus kurslar, qo‘llanmalar yaratishda keng qo‘llanilishi mumkin. Shu ma’noda, mazkur monografiya o‘zbek va jahon ilm-fanida Monten merosining yangi qirralarini ochishga xizmat qiladi.

2026-06-26 14:44:16 | ko'rishlar soni: 22 | Yuklab olindi: 7-marta