Muallif: Absalamova G.Sh.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Absalamova G.Sh. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlarining tarkibiy-mazmuniy hamda milliy-madaniy tahlili (ingliz va fransuz tillari misolida): Monografiya. – Samarqand, 2025. – B.226.

Mazkur monografiya ingliz va fransuz tillaridagi tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlarining tarkibiy-mazmuniy hamda milliymadaniy tahliliga bag‘ishlangan. Asarda terminlarning struktursemantik xususiyatlari, tarixiy-etimologik ildizlari va lingvokulturologik jihatlari izchil yoritilgan. Monografiya nafaqat nazariy asos, balki ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan amaliy ahamiyatga ham egadir.

Mazkur monografik tadqiqot Samarqand davlat chet tillar institutining “Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar rejasiga muvofiq amalga oshirildi. Ishning asosiy maqsadi ingliz va fransuz tillaridagi lingvoadabiyot terminlarining tarkibiy-mazmuniy va milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Tadqiqot jarayonida lingvokulturologik, semantik, kognitiv hamda qiyosiy-tipologik metodlar uyg‘unlashtirilib, terminlarning nazariy va amaliy jihatlari qamrab olindi.

2026-06-26 14:38:31 | ko'rishlar soni: 22 | Yuklab olindi: 9-marta