Muallif: Sodiqov L.M.
Chop etilgan yil: 2025
Nashriyot: JA Inkwell Publishing
Chop etilgan shahar: Samarqand
Sodiqov L.M. Nemis va o‘zbek maqollarining struktur va semantik tahlili // Oliy ta’lim tizimida inklyuziv ta’lim istiqbollari va imkoniyatlari: muammo va yechimlar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Samarqand: JA Inkwell Publishing, 2025. – 295-296 b.
Maqollar – xalq og‘zaki ijodining yuksak namunasi bo‘lib, ular har bir millatning tarixiy, ijtimoiy, madaniy va axloqiy qadriyatlarini o‘zida aks ettiradi. Har bir til o‘ziga xos obrazlar va metaforalar orqali dunyoni talqin etadi. Shuning uchun maqollarni tilshunoslik nuqtayi nazaridan o‘rganish, ayniqsa, struktur va semantik tahlil qilish til va madaniyat o‘zaro munosabatlarini chuqurroq anglashga imkon beradi.
Tilshunoslikda maqollar tadqiqini o’rganish uzoq tarixga borib taqaladi. Har bir millat bor ekan, shu xalqning tili, dini, urf odatlari qadrlanadi va avloddan avloda o’tqaziladi. Ushbu maqolamizda biz qardosh bo’lmagan ikki tildagi maqollarning struktur va semantik tahlilini ko'rib chiqamiz.