Muallif: Sodiqov L.M.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Sodiqov L.M. Maqol va matallarning lingvomadaniy xususiyatlari // Zamonaviy filologik ta’limning lingvistik va kulturologik aspektlari: lisoniy va madaniy muloqot. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Samarqand: SamDChTI nashri, 2025. – 167-169 b.

Ma'lumki, dastlab folklorshunoslar maqol va matallarni o'rganishda tilning bu birliklarini xalq og'zaki ijodining kichik janrlari deb qarashganlar. Maqol va matal - paremiologik birlik(PB)lariga bunday qarash bilan ushbu turdagi til birliklarining lingvistik mohiyatini ко'rib chiqishni o'z ichiga olmaydi, shuning uchun paremiologik birliklarni o'rganishda ularning ko'plab muhim jihatlari olimlar e'tiboridan chetda qolgan.
Lisoniy madaniyatning ijtimoiy bilimlarning fanlararo sohasi sifatida shakllanishi, o'z navbatida, til tavsifida antroposentrik yondashuv doirasida kognitiv tilshunoslik yutuqlariga asoslangan holda til va madaniy atning o'zaro aloqalari nuqtai nazaridan frazeologiyani ilmiy jihatdan tadqiq etish imkonini berdi.
So'nggi yillarda o'tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar diqqat markazida, maqol va matallarga millatning madaniy nufuzini til birligi va sintaktik har xil vazifalarni bajara oladigan o'xshash hamda har xil til sathlarida mavhum ma'lumotlami kodlaydigan matnlar sifatida qarash yotadi

2026-06-22 11:26:29 | ko'rishlar soni: 35 | Yuklab olindi: 16-marta