Muallif: Sodiqov L.M.

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Sodiqov L.M. Maqol va matallar haqida ayrim mulohazalar // Xorijiy tilni o‘qitishdagi dolzarb metodik, lingvistik masalalar va yondashuvlar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Samarqand: SamDChTI, 2025. – 81-85 b.

Annotatsiya. Nemis va o'zbek tillari misolida maqol va matallar, ularning farqli jihatlari, qiyoslanayotgan tillarda maqol-paremiologik birlik va matal-paremiologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari haqida fikr yuritilgan va misollar yordamida yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: maqol, matal, paremiologik birlik, ko'chma ma'no, alliteratsiya.
Maqol deyilganda odatda, bir maromda uyushgan shakldagi, ichki yoki tashqi qofiyaga ega bo'lgan nasihatomuz mazmunli, chuqur ma'noli iboralar, hikmatli so'zlar tushiniladi. Bular qisqa, lo'nda aytilgan xalq hikmatli so'zlaridir (gaplaridir). Ularning ifoda plani qisman ko'chma, qisman o'z ma'nosida yoki faqat ko'chma ma'noda bo'ladi. Grammatik nuqtai nazardan ular tugallangan gaplar hisoblanadi. Masalan: "Bukrini go'r to'g'rilaydi" ((O'ХМ, 193) paremiologik birligida faqat obrazli ko'chma ma'no bo'lsa, "Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar" (O'XM, 34) maqolida esa birinchi qismi ko'chma ma'noda, maqolning ikkinchi qismi esa o'z ma'nosida kelmoqda.

2026-06-22 11:21:33 | ko'rishlar soni: 30 | Yuklab olindi: 14-marta