Muallif: Bektemirov Z.N.
Chop etilgan yil: 2025
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Bektemirov Z.N. Hozirgi zamon nemis tilida ilovali elementlarning lingvopragmatik xususiyatlari // “Sharq tafakkuri va inson muammosi: Мa’naviyat, til va tarbiyaning falsafiy tamoyillari”: Respublika ilmiy-amaliy anjumani. 2025-yil, 25-iyun. – B. 178-182.
Til – bu insoniyat tafakkuri va ijtimoiy hayotining asosiy ifoda vositasi bo‘lib, uning har bir elementi muayyan kommunikativ yuklamaga ega. Ayniqsa, zamonaviy lingvistik tahlil doirasida turli kontekstlarda ishlatiladigan strukturalarning pragmatik jihatdan tahlil qilinishi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shulardan biri bo‘lgan ilovali elementlar (yoki parentetik birliklar) hozirgi zamon nemis tilida nutqning mantiqiy, emotsional va baholovchi jihatlarini ifodalashda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ilovali elementlar nutqda asosiy fikr ifodalanayotgan konstruktsiyaga grammatik jihatdan bo‘ysunmaydi, biroq semantik va pragmatik darajada uning mazmuniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ular, odatda, og‘zaki yoki yozma matnda muallifning shaxsiy fikri, hissiy munosabati, shubha, ishonch, qo‘shimcha ma’lumot, yoki boshqa ijtimoiy-sotiativ signallarni yetkazishda qo‘llaniladi. Bu esa ularning lingvopragmatik ahamiyatini yanada oshiradi.