Muallif: G‘aybullayeva L.S.
Chop etilgan yil: 2024
Nashriyot: O‘zbekiston xalqaro islom Akademiyasi
Chop etilgan shahar: Toshkent
G‘aybullayeva L.S. Mahallada yoshlar faolligini oshirishda mafkuraviy immunitetning o‘rni // Dinshunoslikning dolzarb muammolari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plami. – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom Akademiyasi, 2024. –B. 259-262.
Bugungi globallashuv jarayonlarining shiddatli tus olishi dunyo miqyosida tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlarni tobora kuchaytirayotganligi mafkuraviy immunitet bilan qurollanishga chorlamoqda. Dunyoda sodir etilayotgan bunday murakkab va tahlikali vaziyatni ko‘pincha har qanday xalq, millat, jamiyat va davlat hayotida muntazam sezgir, xushyor hamda ogoh bo‘lish borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Chunki u yoshlarning axloqiy qiyofasi, qalbi va ongini egallashga intilayotgan ma’naviy tahdidlar bilan endigina shakllanib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyatiga ta’sir qilayotganligi tabiiy holdir. Uzluksiz va keng qamrovli bu jarayon tufayli mamlakatimiz aholisi, endigina hayotga kirib kelayotgan yoshlarni yot va begona g‘oyalar ta’siridan himoyalashida mafkuraviy immunitet alohida ahamiyat kasb etadi.