Muallif: G‘aybullayeva L.S.

Chop etilgan yil: 2023

Nashriyot: SamDU

Chop etilgan shahar: Samarqand

G‘aybullayeva L.S. Mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda yoshlar siyosiy faolligini oshirish masalalari// Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashning sinergetik muammolari mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari.– Samarqand, SamDU. 2023. –Б. 36-38.

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda o‘zbek xalqining asrlar davomida shakllangan mahalla bilan bog‘liq qarashlari, ularda o‘nib-o‘sib voyaga yetayotgan yoshlarning siyosiy faolligi masalalari o‘rganilgan. Mahallalarda ijtimoiy barqaror hayot tizimini rivojlantirishda yoshlarning ham o‘rni, o‘ziga xos falsafiy dunyoqarashi borligi masalalari ilmiy tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: mahalla, jamiyat, inson, yoshlar, siyosiy faollik, ijtimoiy barqarorlik, ma’naviyat, axloq, tafakkur.

Jamiyatning mustahkam kuchga aylanib borishida o‘zbek xalqining o‘zini-o‘zi boshqarish organi hisoblangan mahalla tizimi alohida o‘ringa ega. Uning o‘ziga xos xususiyati sifatida boshqa xalqlarda uchramaydigan axloqiy tamoyillari har bir oilada tinchlik, farovonlik, qadriyatlarni ulug‘lashning birinchi o‘rinda turishidir. Unda bo‘layotgan o‘zgarishlar yoshlarni siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, davlat boshqaruvida yoshlarning faol ishtirok etishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bu avvalo, davlatning maqsad va vazifalari amalga oshadigan dastlabki maskan mahalla bilan uzviy ravishda yoshlarga bo‘lgan siyosat orqali amalga oshadi hamda yoshlar faolligini belgilaydigan muhim mezoni va asosi hisoblanadi. O‘zbek xalqi o‘tmishi bilan bog‘liq mahallaning boy madaniyat, ma’rifat, ilm-fan maskani ekanligi hamisha bizni uni yana mustahkamlashga chorlaydi. “Mamlakatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlarimizda ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida barcha tuman va shaharlarda Ma’naviyat va ma’rifat maskanlari faoliyat yuritmoqda”.

2026-06-20 11:36:14 | ko'rishlar soni: 31 | Yuklab olindi: 20-marta